So’nggi yangiliklar

23:20"Барселона" - "Валенсия". Таркиблар маълум  1 22:53Тимур Кападзе тарихий натижа қайд этилганидан сўнг нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  50 22:50"Женоа" - "Кальяри". Шомуродов асосий таркибдами?  15 22:11Ҳусайн Норчаев: "Бу мақсад йўлида 4 йил тайёргарлик кўрдик"  32 21:59МЮ уч футболчидан бошқа исталган ўйинчини сотишга тайёр  4 21:43Ўзбекистон терма жамоаси Олимпиадада қайси гуруҳдан жой олади?  34 20:19БИЗ УДДАЛАДИК. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Париж олимпия ўйинлари йўлланмасини қўлга киритди!  670 20:02Ўзбекистон Кубоги. "Арал" ва "Хоразм" плей-оффга йўл олди, "Машъал" рақиб дарвозасига жавобсиз 8 та тўп йўллади, "Бухоро" дарвозабонининг голи эвазига ОКМКни гуруҳда қолдириб кетди  14 19:37Тажрибали футболчи мавсум якунланганидан кейин "Милан"ни тарк этади  1 19:10Тиаго Силва "Челси" тизимида ишлайди  2 18:43"Брест" ўз тарихида илк бор еврокубокларда қатнашади  0 18:19"Реал" "Байер" ярим ҳимоячисига эътибор қаратмоқда  5 17:51"Ливерпуль" ёзда қайси позицияни кучайтириши маълум бўлди  1 17:21"Челси" "Жирона" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  3 16:47Индонезиялик журналист: "Агар Индонезия биринчи бўлиб гол урса, ғалаба қозонади"  41

U-23 Osiyo chempionati-2018. Tor-mor etilgan grandlar, Yaponiyaga yordam berolmagan Xavi Alonso, "qor jangi" hamda tarixiy chempionlikni yodga olamiz Yangiliklar

U-23 Osiyo chempionati-2018. Tor-mor etilgan grandlar, Yaponiyaga yordam berolmagan Xavi Alonso, "qor jangi" hamda tarixiy chempionlikni yodga olamiz

Ertaga U-23 Osiyo kubogi start oladi.

2018 yilgi 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga (hozirgi Osiyo kubogi) 9–27 yanvar kunlari Xitoy mezbonlik qildi. Final bosqichida 16 mamlakat vakillari ishtirok etdi.

Qura natijalariga ko'ra, guruhlar quyidagicha ko'rinish oldi:

"A" guruhi

Xitoy

Qatar

O'zbekiston

O'mon

"B" guruhi

Yaponiya

SHimoliy Koreya

Tailand 

Falastin

"C" guruhi

Iroq

Iordaniya

Saudiya Arabistoni 

Malayziya

"D" guruhi

Janubiy Koreya

Avstraliya

Suriya

Vetnam

Xitoyga yo'l olgan O'zbekiston Olimpiya terma jamoasini Ravshan Haydarov boshqargan.

Darvozabonlar: 1.Botirali Ergeshev ("Paxtakor"), 12.Dilshod Hamroev ("Navbahor"), 21.Rahimjon Davronov ("Mashal").

Himoyachilar: 2.Rustam Ashurmatov ("Bunyodkor"), 3.Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), 4.Akrom Komilov ("Bunyodkor"), 5.Abbos Otaxonov ("Navbahor"), 13.Islom Qobilov ("Bunyodkor"), 16.Doniyor Narzullaev ("Nasaf"), 18.Husniddin G'ofurov ("Neftchi"), 20.Doston Tursunov ("Neftchi").

Yarim himoyachilar: 6.Aziz G'aniev ("Nasaf"), 7.Odil Hamrobekov ("Nasaf"), 8.Jasur Yaxshiboev ("Paxtakor"), 10.Javohir Sidiqov ("Qo'qon-1912"), 14.Abdujamol Isroilov ("Neftchi"), 15.Oybek Rustamov ("Qo'qon-1912"), 17.Doston Hamdamov ("Bunyodkor"), 19.Otabek SHukurov ("SHarja", Birlashgan Arab Amirliklari), 23.Suhrob Nurulloev ("Paxtakor").

Hujumchilar: 9.Zabihillo O'rinboev ("Paxtakor"), 11.Andrey Sidorov ("Qo'qon-1912"), 22.Bobir Abdixoliqov ("Nasaf").

Musobaqa boshlanishidan avvalgi matbuot anjumanida Ravshan Haydarov jamoasi chempionlikni maqsad qilganini takidladi:

"Saralashdagi muvaffaqiyatni musobaqaning final bosqichida ham davom ettirishni xohlaymiz. Bizning maqsad faqat ijobiy natija bilan uyga qaytishdir. Saralashdan beri jamoa ancha o'sdi va buni o'yinlar orqali ko'rsatmoqchimiz.

Birinchi o'yin har doim muhim bo'lib kelgan. Qatar o'ziga yarasha shakllangan jamoa, lekin biz ham qarab turmaymiz. O'ylaymanki, bu o'yinda g'alaba biz tomonda bo'ladi. Murabbiy sifatida ushbu musobaqada g'olib chiqa olishimizni sezyapman va buning uchun bor kuchni ishga solamiz".

Turnir O'zbekiston uchun muvaffaqiyatsiz boshlandi: Qatarga 0:1 hisobida imkoniyat boy berildi. O'yin taqdirini hal qilgan gol ikkinchi bo'lim boshida qatarliklar tomonidan urildi. 55-daqiqada o'ng qanotdan uyushtirilgan hujumni Almoez Ali samarali yakunladi.

Qatar U-23 - O'zbekiston U-23 - 1:0

Gol: Almoez Ali 55, - 1:0.

Qatar U-23: 22.Muhammad Al Bakari, 2.Tariq Salmon, 5.Tamim Al Muhaza, 6.Abdulloh Al Ahrak (23.Xolid Muhammad, 72), 8.Ahmad Moein, 10.Akrom Afif, 13.Sulton Al Brake, 15.Bassam Al Ravi, 16.Hisham Ali (9.Meshal Al SHammari, 85), 19.Almoez Ali, 20.Salim Al Xajri.

O'zbekiston U-23: 12.Dilshod Hamroev, 13.Islomjon Qobilov, 2.Rustamjon Ashurmatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Akromjon Komilov (16.Doniyor Narzullaev, 52), 6.Azizjon G'aniev (11.Andrey Sidorov, 84), 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Jasur Yaxshiboev, 17.Dostonbek Hamdamov (22.Bobur Abdixoliqov, 75), 10.Javohir Siddiqov, 9.Zabihillo O'rinboev.

Ogohlantirishlar: Dostonbek Hamdamov 29, Abdulloh Al Ahrak 45, Muhammad Al Bakari 73, Bassam Al Ravi 77.

VIDEO

Ikkinchi turda O'zbekiston Xitoyni Hojiakbar Alijonov tomonidan urilgan gol evaziga mag'lub etgan.

O'zbekiston U-23 - Xitoy U-23 - 1:0

Gol: Xojiakbar Alijonov 14, - 1:0.

O'zbekiston U-23 - 1.Botirali Ergashev, 2.Rustamjon Ashurmatov, 3.Xojiakbar Alijonov, 5.Abbosjon Otaxonov, 6.Azizjon G'aniev, 7.Odiljon Hamrobekov, 9.Zabihillo O'rinboev, 10.Javohir Sidiqov (8.Jasur Yaxshiboev, 66), 16.Doniyorjon Narzullaev (22.Bobur Abdixoliqov, 90+2), 17.Dostonbek Hamdamov (15.Oybek Rustamov, 72), 20.Dostonbek Tursunov

Xitoy U-23 - 12.Zou Yuchen, 3.Li Ksiaoming, 5.Gao Zunyi, 6.Yao Junsheng (10.Tang SHi, 46), 7.Vei SHixao, 8.Xe CHao, 13.Li Xailong, 16.Li SHuai, 17.Yang Liyyu, 19.Liu Yiming, 22.Ba Dun (9.Jang Yuning, 76)

Ogohlantirishlar: Li SHuai 18, Rustamjon Ashurmatov 57, Abbosjon Otaxonov 68.

VIDEO

3-turda esa hamyurtlarimiz O'monni minimal hisobda mag'lub etdi. 

O'zbekiston U-23 - O'mon U-23 1:0

Gol: D.Tursunov 37

O'zbekiston U-23: 1.Botirali Ergashev ("Paxtakor"), 5.Abbos Otaxonov ("Navbahor"), 2.Rustam Ashurmatov ("Bunyodkor"), 20.Doston Tursunov ("Neftchi"), 3.Hojiakbar Alijonov (13.Islomjon Qobilov, 90), 7.Odilbek Hamrobekov ("Nasaf"), 6.Azizjon G'aniev ("Nasaf"), 22.Bobir Abdiholiqov (17.Doston Hamdamov, 81), 10.Javohir Sidiqov (15.Oybek Rustamov, 90+3), 16.Doniyor Narzullaev ("Nasaf"), 9.Zabixillo O'rinboev ("Paxtakor").

O'mon U-23: 1.Ibrohim Al Muhayni, 2.Mataz Solih, 5.Tani Al Rushaydi, 6.Abdulloh Favaz, 7.Al Mandar Al Alavi, 9.Marvan Vadi ( 20.Yusaif, 59), 14.Madh Al Haldi (17.Samir Al Alavi, 87), 15.Ahmad Al Kaabi, 16.Ahmad Al Matroushi, 19.Zohir al Akbari, 21.Abdulaziz Al Geilani.

VIDEO

SHu tariqa, uchala o'yinda g'alaba qozongan Qatar peshqadami sifatida chorak final yo'llanmasiga ega chiqdi. O'zbekiston ham ikkinchi o'rin bilan keyingi bosqichga yo'l oldi.

"B" guruhida Yaponiya va Falastin 1/4 final sari qadam tashladi. SHimoliy Koreya va Tailand musobaqa bilan xayrlashdi.

"C" guruhida Iroq va Malayziya pley-offda yurishini davom ettirdi. Iordaniya va Saudiya Arabistoni singari kuchli jamoalar ilk bosqichdayoq "qoqilishdi".

"D" guruhida Janubiy Koreya va Vetnam peshqadamlar safidan o'rin oldi. Avstraliya va Suriya o'z mamlakatlariga qaytib ketishdi.

CHorak finalda O'zbekiston musobaqa favoritlaridan biri Yaponiya darvozasiga javobsiz to'rtta to'p kiritdi.

Uchrashuvning 32-daqiqasida Rustamjon Ashurmatovning pasidan so'ng Javohir Sidiqov jarima maydoni tashqarisidan chap oyog'ida juda chiroyli gol urdi - 0:1. Oradan 3 daqiqa o'tgach Dostonbek Hamdamov raqib himoyasidagi xatodan unumli foydalanib gol urdi - 0:2.

Bahsning 39-daqiqasida Azizjon G'anievning ajoyib pasidan so'ng Yaxshiboev to'pni egallab oldi va uch marta raqib himoyachisini aldab darvozaning uzoq yuqori burchagini aniq nishonga oldi - 0:3.

Ikkinchi bo'lim boshida G'anievning ajoyib pasidan so'ng Yaxshiboev darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib borib gol urdi.

Yaponiya - O'zbekiston 0:4 (0:3)

Gollar: Javohir Sidiqov 31, - 0:1. Dostonbek Hamdamov 34, - 0:2. Jasurbek Yaxshiboev 39, - 0:3. Jasurbek Yaxshiboev 47, - 0:4.

Yaponiya - 1.Ryosuke Kojima, 2.So Fujitani, 7.Teruki Xara, 9.Kyosuke Tagava, 11.Keyta Endo, 13.Yuto Ivasaki (18.Daizen Maeda, 46), 14.Takagi Akito (10.Koji Miyoshi, 46) , 16.SHion Inoue (21.Xiroki Ito, 68), 17.Yuta Kamiya, 20.Taiyo Koga, 22.Yugo Tatsuta.

O'zbekiston - 1.Botirali Ergashev, 2.Rustamjon Ashurmatov, 4.Akromjon Komilov, 5.Abbosjon Otaxonov, 6.Azizjon G'aniev, 7.Odiljon Hamrobekov (14.Abdujamol Isroilov, 86), 8.Jasurbek Yaxshiboev, 9.Zabihillo O'rinboev (16.Doniyor Narzullaev, 82), 10.Javohir Sidiqov (22.Bobur Abdixoliqov, 75), 17.Dostonbek Hamdamov, 20.Dostonbek Tursunov

VIDEO

Turnir avvalida hozirda "Bayer" bosh murabbiyligida faoliyat olib borayotgan ispaniyalik mutaxassis Xavi Alonso Yaponiyadagi o'tkazilgan futbol tadbirlari doirasida mamlakat poytaxti Tokio shahriga taklif etildi. Tashrif davomida Alonso Osiyo kubogiga jo'nab ketishga hozirlik ko'rayotgan Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xajime Morisu bilan suhbatlashdi. Biroq taniqli mutaxassisning tavsiyalari ham Yaponiya yoshlariga O'zbekistonga qarshi o'yinda yordam bera olmadi.

CHorak final

Yaponiya — O'zbekiston 0:4

Qatar — Falastin 3:2

Janubiy Koreya — Malayziya 2:1

Iroq — Vetnam 3:3 (pen. 3:5)

O'zbekiston yarim finalda Janubiy Koreya ham darvozasiga to'rtta gol urishni uddaladi.

Uchrashuvning 33-daqiqasida Javohir Sidiqovning ajoyib pasidan so'ng Zabihillo O'rinboev birga bir vaziyatdan gol urib hisobni ochdi - 1:0. Bahsning 58-daqiqasida Xvang Xyun Su boshi bilan hisobni tenglashtirdi - 1:1.

Qo'shimcha taymlarda Azizjon G'aniev supergol urdi va O'zbekistonni oldinga olib chiqdi - 2:1. Jasurbek Yaxshiboev qarshi hujumdan so'ng gol urdi - 3:1. Akromjon Komilov o'tkir burchakdan ajoyib gol urdi - 4:1.

O'zbekiston - Janubiy Koreya 4:1

Gollar: Zabihillo O'rinboev 33, - 1:0. Xvang Xyun Su 58, - 1:1. Azizjon G'aniev 99, - 2:1. Jasurbek Yaxshiboev 110, - 3:1. Akromjon Komilov 120, - 4:1.

O'zbekiston - 1.Botirali Ergashev, 2.Rustamjon Ashurmatov, 4.Akromjon Komilov, 5.Abbosjon Otaxonov (16.Doniyor Narzullaev, 91), 6.Azizjon G'aniev (15.Oybek Rustamov, 109), 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Jasurbek Yaxshiboev, 9.Zabihillo O'rinboev, 10.Javohir Sidiqov (Bobur Abduxoliqov, 112), 17.Dostonbek Hamdamov, 20.Dostonbek Tursunov

Janubiy Koreya: 1.Kang Xyon Mu, 2.Park Jae Vu, 3.Li Gun, 5.Xvang Xyun Su, 8.Xan Seung Gyyu, 9.Li Kun Xo, 10.Yun Seung Vun, 11.CHo Yung Vuk, 15.CHoi Jae Xun (), 16.Jang Yun Xo, 22.Li Sang Min

Ogohlantirishlar: Jang Yun Xo 50, Li Kun Xo 75 - Abbosjon Otaxonov 58

CHetlatish: Jang Yun Xo 75 (2SK).

VIDEO

Yarim finalning ikkinchi o'yinida Qatar va Vetnam asosiy va qo'shimqa bo'limlar davomiahda 2:2 hisobidagi durangga imzo chekishdi. Penatilar seriyasida esa chorak finalda bo'lgani singari Janubiy-SHarqiy Osiyo vakillari ustun kelishdi.

Hal qiluvchi bosqich chiptasidan quruq qolgan Qatar uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda Janubiy Koreyani 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Qatar U23 - Janubiy Koreya U23 1:0

Gol: Akram Afif 39.

Final kuni Xitoyning CHangzou shahrida noqulay ob-havo hukm surib, kuchli qor yog'di. Hal qiluvchi bahs o'tkaziladigan stadion qor bilan qoplandi. SHunga qaramay, o'yin qoldirilmadi.

SHuningdek, hal qiluvchi bellashuvga hakamlik tayinlash masalasi ham bahs-munozaralarga sabab bo'ldi. Finaldan oldin OFK xitoylik hakam Ma Ningni ushbu uchrashuvga tayinlagan edi. Ammo o'yinga bir necha soat qolganda to'qnashuvni Ma o'rniga ummonlik referi Ahmad Al Kaf boshqarib borishi malum bo'ldi. OFK ushbu qarorning sabablarini malum qilmadi, biroq bu mezbon rasmiylar va OFK o'rtasidagi hakamlik borasidagi kelishmovchiliklar tufayli bo'lgani taxmin qilinmoqda.

Uchrashuvning 8-daqiqasida Dostonbek Hamdamovning burchakdan oshirgan to'pini Ashurmatov boshi bilan darvozaga yo'lladi. 41-daqiqada esa Vetnamning ushbu musobaqadagi eng yaxshi o'yinchisi bo'lib turgan 19-raqamdagi Nguen Xai jarima zarbasidan Botirali Ergashev darvozasini ishg'ol qildi. 

Birinchi bo'lim yakunlangandan so'ng OFK maydonni qordan tozalashni so'radi va o'yin davom ettirilishi uchun taxminan bir soatga yaqin vaqt ketdi.

Qiziq tomoni, O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi to'qnashuvni ikki xil libosda o'tkazdi. Dastlabki bo'limda hamyurtlarimiz kiygan oq forma oppoq qorda barchaga birdek noqulaylik tug'dirgani sababli ikkinchi bo'limdan ko'k rangli libosda harakat qildi.

O'yinning 90 daqiqasida kuchlar teng keldi. Qo'shimcha bo'limlar yakunlanib, barcha penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko'ratgandi. 118-daqiqada Ravshan Haydarov Javohir Sidiqov o'rniga Andrey Sidorovni maydonga tushirdi. Aynan u bir daqiqa o'tar-o'tmas burchakdan uzatilgan to'p tomon olg'a borib, to'pni raqib darvozasiga joylab qo'ydi. 

"Gol urgan paytim o'zimni judayam baxtiyor his qildim. Uchrashuv qiyin ruhda o'tdi. G'alaba qozonganimizdan xursandman. Men o'yinga bunchalik o'tkazaman deb o'ylamagandim. To'p jarima maydoniga oshirilganda, men o'z vazifamni bajardim. Dastlab darvoza to'riga kirganiga ishonmadim. CHempionlik juda ko'p narsani anglatadi. Qay darajada xursand ekanligimni tasvirlab bera olmayman. Yurtdoshlarimizga quvonch olib kelganimdan mamnunman. Bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman", — dedi final qahramoni uchrashuvdan keyin bergan intervyusida.

SHu tariqa, O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi o'z tarixida ilk marotaba ushbu yosh toifasida chempionga aylandi.

U-23 Osiyo chempionati

Final

27.01.2018

CHangzou, Xitoy

Vetnam U-23 - O'zbekiston U-23 1:2

Gollar: Nguen Kuang Xai 41 - Rustamjon Ashurmatov 8, Andrey Sidorov 119,

Vetnam U-23: 1.Bui Tien Dung, 2.Pxam Xuan Man, 4.Bui Tien Dung, 6.Luong Xuan Truong, 8.Xpam Duk Xuy (Xa Duk CHin, 57), 10.Nguen Kong Pxuong (20.Bui Tien Dung, 80), 11.Do Duy Man, 14.Pxan Van Duk (7.Nguen Xong Duy, 109), 17.Vu Van Tan, 19.Nguen Kuang Xai, 21.Tran Din Trong.

O'zbekiston U-23: 1.Botirali Ergashev, 2.Rustamjon Ashurmatov, 4.Akromjon Komilov, 5.Abbosjon Otaxonov (22.Bobur Abdixoliqov, 103), 6.Azizjon G'aniev, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Jasurbek Yaxshiboev (16.Doniyor Narzulaev, 46), 9.Zabihillo O'rinboev, 10.Javohir Sidiqov (11.Andrey Sidorov, 118), 17.Dostonbek Hamdamov, 20.Dostonbek Tursunov.

Ogohlantirishlar: Jasurbek Yaxshiboev 10, Odiljon Hamrobekov 34,  20.Bui Tien Dung 101, Dostonbek Tursunov 110, Do Duy Man 110.


Eng yaxshi to'purar: Almoez Ali (Qatar) — 6 ta gol;

Eng yaxshi futbolchi: Odil Hamrobekov (O'zbekiston);

Feyr-pley: Vetnam.

Stadion qor bilan qoplangani va turnir davomida final uchrashuviga 6200 nafar tomoshabin tashrif buyurdi va bu paytga qadar musobaqa finallari orasidagi eng yaxshi ko'rsatkich bo'ldi.

CHempionlik katta tantanalarga sabab bo'ldi. Mamlakat Prezidenti SHavkat Mirziyoev O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi azolarini g'oliblik bilan qutladi.

SHu bilan birga, g'oliblarga “Malibu” avtomashinalari topshirildi.

Garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lishiga qaramay, Vetnam azolari ham mamlakatida katta tantanalar bilan kutib olindi. 


Biroq samolyot ichida yarim-yalang'och holda kiyingan raqqosalarning chiqishi ijtiomiy tarmoqlarda vetnamliklarning tanqidlariga sabab bo'ldi. Keyinchalik ushbu hodisaga aloqador xodimlarga nisbatan intizomiy choralar ko'rilgan.


VietjetAir xususiy aviakompaniyasi bosh direktori Lu Duk Xan final oldidan agar jamoa chempionlikni qo'lga kiritsa, bosh murabbiy va futbolchilar suratini samolyot korpusiga chizdirishini malum qilgan. Biroq 200 ming AQSH dollari mablag' talab etiladigan ushbu ish amalga oshmay qoldi.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

+2   
14 apr 15:14:26
Baxtiyor MYu
Охирги 3та мусобақада Ўзбекистон камида ярим финалга чиқмоқда. 2018-йил чемпион, 2020-йил 4-ўрин, 2022-йил кумуш медал. Энди асосий мусобақада хам камида финалга чиқишини тилаб (кутиб) қоламиз. Омад.
+1   
14 apr 15:51:43
Bek Jan
бу йил хам шунака чемпионлик кутиб коламиз
   
14 apr 18:21:03
Jasur/barsa
Avvalo tarixda natija qoladi. OʻZBEKISTON CHEMPION BOʻLGANIDAN HAMMAMIZ HURSANDMIZ.
Lekin Yaponiya va Koreyaga toʻrttalab gol urdik deb unchalik maqtanish shartmas, chunki Yaponiya va Koreya ushbu musobaqaga U-21 jamoasi bilan kelgan.
Ularni salohiyatini keyingi Osiyo kubogida koʻrdik va Olimpiadada ham munosib ishtirok etib ikkalasi ham yarim finalga yetib borishdi.
Qisqasi Olimpiadaga yoʻllanma beradigan Osiyo Kubogida ulardan ehtiyot boʻlish kerak.
   
14 apr 17:52:25
Абдугофур1984
Япония ва Корея 20 ёшлиларни опкеганиди
championat.asia
Яндекс.Метрика