So’nggi yangiliklar

21:24Анвар Бердиев: "Ҳимоячиларимиз ўз вазифасига нисбатан лоқайдлик қилишди"  0 21:12"Ньюкасл" мухлислари МЮни тролл қилишди  1 20:53Муҳсин Низомиддинов: "Ҳар қандай сирни ошкор қилиб бўлмайди"  2 20:41Ҳакамлар "Насаф" ва "Навбаҳор" фойдасига пенальти белгиламади, "Андижон" эса синдирилдими? Суперлига 7-туридаги ҳакамлик таҳлили  11 20:36Асрор Алиқулов: "Ҳакам қўшиб берган дақиқалар тўхталишларга кетган вақтдан камроқ бўлди"  1 20:26Спортчилар ижтимоий тармоқларда  0 20:04Про лига. "Бухоро" "Шўртан"га ҳеч қандай имкон қолдирмади  7 20:00Про лига. Жанговар ўйинда "Қўқон-1912" "Машъал"ни қийинчилик билан мағлуб этди  2 20:00Лунёв "Динамо" томонидан бўлаётган қизиқишга муносабат билдирди  1 19:42Хесус Навас ёзда "Севилья"дан кетади  0 19:24"Манчестер Юнайтед" Олли Уоткинсни сотиб олмоқчи  3 19:05Эмерик Ляпорт Ла Лигага қайтиши мумкин  2 18:42Ўз вақтида "Байер"да ўйнаган россиялик дарвозабон ватанига қайтмоқда  2 18:25Германия термаси Европа чемпионати учун таркибини эълон қилди  17 17:56Роналду: "Ҳеч қачон кечки 10дан кейин гаплашмайман, ҳатто телефон орқали ҳам"  9

BIZ UDDALADIK. O'zbekiston U-23 terma jamoasi Parij olimpiya o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritdi! Yangiliklar

BIZ UDDALADIK. O'zbekiston U-23 terma jamoasi Parij olimpiya o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritdi!

Osiyo kubogining yarim finalida O'zbekiston OTJ Indoneziya U-23ga qarshi bahsi yakunlandi.

Jamoamizning boshlang'ich tarkibi bilan tanishing

U-23 Osiyo kubogi
O'z
bekiston — Indoneziya 2:0 
26 aprel 2024 yil. Doha, "Xalifa" stadioni. 19:00 (Toshkent vaqti)

Gol: 68 - Husayn Norchaev (Muhammadqodir Hamraliev), 86 - Pramata Arnan (avtogol) 

O'zbekiston U-23: 1. Abduvohid Nematov, 3. Zafarmurod Abdirahmatov, 4. Abduqodir Husanov, 7. Hojimat Erkinov ( 10. Jasurbek Jaloliddinov, 46), 9. Ulug'bek Hoshimov ( 19. Husayn Norchaev, 46), 14. Abbosbek Fayzullaev (6. Ibrohimhalil Yo'ldoshev,90), 15. Umarali Rahmonaliev, 16. Asadbek Rahimjonov (5. Muhammadqodir Hamraliev, 66), 18. Alibek Davronov, 22. Alisher Odilov (20. Ruslanbek Jiyanov, 71), 23. Abdurauf Bo'riev (s).
Zaxira: 12. Vladimir Nazarov,  21. Hamidullo Abdunabiev, 2. Saidazamat Mirsaidov,  8. Ibrohim Ibragimov,11. Otabek Jo'raqo'ziev, 13. Mahmud Mahamadjonov, 17. Diyor Xolmatov, .

Indoneziya : 12 Pramata Arnan, 3 Muhammad Ferarri, 5 Rizki Ridho Ramadani, 6 Ivar Jenner, 7 Marselino Ferdinan, 8 Vitan Suleyman, 9 Ramadan Sananta, 10 Jastin Xabner, 14 Muhammad Fajar Fatxur, 21 Ernando Ari Suratayri, 23 Natan Tjoe

Zaxira: 1 Muhammad Adisatiyro, 2 Ilxam Rio Faxmi, 4 Komang Tegux, 13 Amiruddin Bagas, 15 Iksxan Nul, 16 Arkxan Fikri, 17 Doni Tri Pamungakus, 18 Muhammad Rayxan Xanani, 19 Jeym Kelli, 20 Xokki Karaka, 22 Daffa Fasya


YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi. BIZ UDDALADIK. O'zbekiston U-23 terma jamoasi Parij olimpiya o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritdi

90+15. Norchaevning zarbasi himoyachiga tegib burchakka chiqib ketdi

90+12. Marselino Ferdinan ogohlantirildi

90+10. Uchrashuv ancha sokin o'tmoqda

90+6. Ibrohimhalil yaxshi uzatma bergandi, biroq gol urishga futbolchi topilmadi

90+5. Ogohlantirish: Abdurauf Bo'riev ogohlantirildi

90+3. Marselino Ferdinanning zarbasi noaniq ketdi

Hakam ikkinchi bo'limga 16 daqiqa qo'shib berdi

90. O'zgarish: Fayzullaev Yo'ldoshevni alishtirdi

86. GOOOOOOOOOOOOL. Hisob 2:0 bo'lmoqda. Raqib darvozaboni o'z darvozasiga to'pni joylab qo'ydi

84. CHetlatish: Hakam Rizki Ridho Ramadani qizil berdi

Hakam VARni ko'rmoqda. Rizki Ridho Ramadani Jasurga qo'pollik ishlatgani uchun qizil olishi mumkin

82. Jasur Jaloliddinov jarohat oldi va unga shifokorlar yordam bermoqda

78. Umarali yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi, biroq gol kirmadi

77. UXXXX. Norchaevning zarbasi ustunga tegmoqda. Zaxiradan maydonga tushganlar o'yin taqdirini o'zgartirib tashlashdi

75. Goldan ruhlangan jamoamiz hujumlarni to'xtatmayapti. Bu safar Jasurning zarbasiga aniqlik etishmadi

73. Jiyanov burchakdan yaxshi harakat qildi va raqib to'pni burchakka chiqarib yubordi

72. Abbosbek Fayzullaevning zarbasi to'singga tegmoqda

71. O'zgarish: Odilovning o'rniga Jiyanov maydonga tushdi

Ikkita o'zgarish va ajoyib harakatlar. Hamralievdan uzatma va Norchaevdan gol

68. GOOOOOOOOOOL. HUSAYN NORCHAEV HISOBNI OCHMOQDA

66. O'zgarish: Hamraliev Rahimjonovni alishtirdi

Yaxshi biz endi bunday xatolarga yo'q qo'ymasligimiz kerak

Gol «otmen»

VAR ko'rmoqda, balki gol bo'lmas

61. Gol. Muhammad Ferarri hisobni ochdi. Bitta xato va bu bizga qimmatga tushdi

59. Jasur Jaloliddinov chamasi 35 metrdan yo'llagan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

56. Navbatdagi hujum. Bu safar Odilovning zarbasiga aniqlik etishmayapti

54. Abbos bir nechta futbolchidan o'tib ketdi va zarba yo'lladi, biroq himoyachilar zarbaga qalqon bo'ldi

51. Ajoyib hujumni tashkil qildik, biroq Husanov to'pga moslasha olmadi

50. Zafarmurod Abdiraxmatovning zarbasini darvozabon ushlab oldi

46. O'zgarish: Jaloliddinov va Norchaev maydonga tushdi, ular Erkinov va Hoshimov alishtirdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45+8. Ogohlantirish: Pramata Arnan ogohlantirildi

45+6. Burchak zarbasiga ega bo'ldik, biz birinchi bo'limni g'alaba bilan yakunlashimiz kerak

45+3. Asadbek Rahimjonovning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasi ancha noaniq ketdi

Hakam birinchi bo'limga 10 daqiqa qo'shib berdi

42. Hakam futbolchilarni tinchlantirmoqda. Raqib futbolchisi darvozabonimizga halaqt bermoqda 

38. Bo'rievning to'xtamasdan yo'llagan zarbasi himoyachiga tegmoqda

37. Hojimat ajoyib imkoniyatga ega bo'ldi, biroq hujumchimizning boshi bilan yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi

34. Asadbek xatoga yo'l qo'ydi, uni Husanov «tozalamoqda»

31. Ogohlantirish: Alibek yo'q joydan sariq oldi

30. ABDURAUFFFFFF. Sardorimizning 30 metrlardan yo'llagan zarbasi to'cinga tegdi

Hakam VARga qaradi va qo'pollikni ham bekor qildi

27. Hakam VARga murojaat qildi. Darvozamizga penalti belgilanishi mumkin

26. Odilovda yaxshi imkoniyat bo'ldi, biroq hujumchimiz to'pga moslasha olmadi

23. Raqibning uzatmasi xavfli chiqdi, baxtimizga raqib Nematovga qo'pollik ishlatdi

19. QANDAY IMKONIYAT. Ulug'bek Hoshimov ajoyib harakat qildi va pas berish o'rniga zarba berib, imkoniyatni boy berdi

15. Ogohlantirish: Hoshimov raqibdan qochib ketayotganida Natan Tjoe qo'pollik ishlatdi va ogohlantirildi

14. «Tank» Husanovdan ajoyib harakatlar. Himoyachimiz to'pni burchakka chiqarib yubordi



13. Hoshimovdan ajoyib harakatlar va Odilovning kuchli zarbasini darvzobon qiyinchilik bilan burchakka chiqarib yubordi

9. Abduqodir Husanovning uzoqdan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi

8. Alibekning zarbasi noaniq chiqdi

8. Burchak zarbasiga ega bo'ldik, Husanov va Davronovdan gol kutib qolamiz

5. Abbosbek Fayzullaevning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. Biz hujum qilishni boshladik

4. Bugun Timur Kapadze o'zgacha taktikadan foydalanmoqda. O'n qanot himoyachisi Zafarmurod chapda, markaziy himoyachi Asadbek o'n tomonda harakat qilmoqda

3. To'p nazorati bizda , bugun jamoamiz to'lig'incha ustunllika erishishi kerak

UCHRASHUV BOSHLANDI! Omad yigitlar 

Stadionda yurtimiz madhiyasi yangramoqda. Futbolchilarimiz xo'r bo'lib yurtimiz madhiyasini aytishmoqda

Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari, bugun Timur Kapadze shogirdlari O'zbekiston futboli tarixida yangi sahifa ochishi mumkin. Bugungi g'alaba jamoamizga Parij olimpiadasini taqdim etadi. Olg'a O'zbekiston, biz sizlarga ishonamiz!

Reyting: +129   
championat.asia
Яндекс.Метрика