So’nggi yangiliklar

23:20"Барселона" - "Валенсия". Таркиблар маълум  0 22:53Тимур Кападзе тарихий натижа қайд этилганидан сўнг нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  35 22:50"Женоа" - "Кальяри". Шомуродов асосий таркибдами?  11 22:11Ҳусайн Норчаев: "Бу мақсад йўлида 4 йил тайёргарлик кўрдик"  29 21:59МЮ уч футболчидан бошқа исталган ўйинчини сотишга тайёр  4 21:43Ўзбекистон терма жамоаси Олимпиадада қайси гуруҳдан жой олади?  33 20:19БИЗ УДДАЛАДИК. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Париж олимпия ўйинлари йўлланмасини қўлга киритди!  670 20:02Ўзбекистон Кубоги. "Арал" ва "Хоразм" плей-оффга йўл олди, "Машъал" рақиб дарвозасига жавобсиз 8 та тўп йўллади, "Бухоро" дарвозабонининг голи эвазига ОКМКни гуруҳда қолдириб кетди  14 19:37Тажрибали футболчи мавсум якунланганидан кейин "Милан"ни тарк этади  1 19:10Тиаго Силва "Челси" тизимида ишлайди  2 18:43"Брест" ўз тарихида илк бор еврокубокларда қатнашади  0 18:19"Реал" "Байер" ярим ҳимоячисига эътибор қаратмоқда  5 17:51"Ливерпуль" ёзда қайси позицияни кучайтириши маълум бўлди  1 17:21"Челси" "Жирона" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  3 16:47Индонезиялик журналист: "Агар Индонезия биринчи бўлиб гол урса, ғалаба қозонади"  41

O'zbekiston kubogi. "Navbahor" Qarshida "Nasaf"ni mag'lub etdi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Navbahor" Qarshida "Nasaf"ni mag'lub etdi

O'zbekiston kubogining 1-turidan o'rin olgan navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi.

"Nasaf" –"Navbahor" 0:1
14 aprel, yakshanba. "Markaziy" stadioni
Bosh hakam
: Temur To'xtasinov
Yordamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov
Zaxira hakami: Ravshan Abduvohidov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Bekzod Aripov


"Nasaf": 91. Zafar Safoev, 5. G'olib G'aybullaev (s), 7. Akmal Mozgovoy, 9. Javohir Sidiqov (20. Viktor Da Silva Matos 71`), 10. Bobir Abdixoliqov (32. Zoran Marushich 65`), 22. Igor Golban (14. SHarof Muhitdinov 22`), 30. Temur CHogadze (27. Islom Kenjaboev 46`), 34. SHerzod Nasrullaev, 70. Jambuli Jigauri (21. Doniyorjon Narzullaev 22`), 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoevich.
Zaxira: 13. Adhamjon Musulmonov, 25. Bekjon Rahmatov, 28. SHuhrat Muhammadiev, 44. SHahzod Akramov.

"Navbahor": 1. O'tkir Yusupov, 7. Azimjon Ahmedov (s), 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jamshid Iskanderov, 11. Asadbek Sobirjonov (6. Ibrohim Yo'ldoshev 66`), 13. Filip Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboev, 22. Toma Tabatadze, 23. Yovan Jokich, 34. Farruh Sayfiev, 77. Abrorbek Ismoilov.
Zaxira: 12. Aleksandr Lobanov, 19. SHerzodbek Abdulbo'riev, 21. Giorgi Nikabadze, 24. Dostonbek Abduhaev, 27. Ozodbek O'ktamov, 33. SHodiyor SHodiboev, 71. Navro'zbek Imijonov.


Nasaf

O'zbekiston Kubogi. 1-tur

14/04/2024, 17:00

1
:
0
Tugadi

Navbahor

Filip Ivanovich - 49'

45'
90'
22'  Igor Golban (Sharof Muhitdinov)
22'  Jambuli Jigauri (Doniyor Narzullayev)
41'  SHerzod Nasrullaev
46'  Temur Chogadze (Islom Kenzhaboev)
65'  Bobir Abdixoliqov (Zoran Marushich)
71'  Javohir Sidiqov (Viktor Da Silva)
90'  Viktor Da Silva
49'  Filip Ivanovich
66'  Asadbek Sobirzhonov (Ibrohim Yo'ldoshev)
87'  Ibrohim Yo'ldoshev




Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.


YANGILASH


90+8-daqiqa. Bo'ldi, Temur To'xtasinov final hushtagini chaldi va "Navbahor" safardan uch ochko bilan qaytadigan bo'ldi.

90+7-daqiqa. Ogohlantirish! To'xtasinov jarima maydonchasida yiqilgan Viktor Da Silvaga simulyaciya uchun sariq kartochka ko'rsatdi.

90+2-daqiqa. Zarbani Marushich amalga oshiradi. Zarba va O'tkir YUSUPOVdan ajoyib seyv! Kiper bu holatda ham jamoasini qutqardi. 

90+1-daqiqa. PENALTI?! Hakam nuqtaga ishora qilmoqda. "Nasaf" mag'lubiyatdan qutulib qolishi mumkin.

O'yinning asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo'shib berildi.

90-daqiqa. Jamshid Boltaboev Oybek Bozorovga nisbatan fol ishlatdi. 

87-daqiqa. Ogohlantirish! Yo'ldoshevga bu vaziyat uchun kartochka ko'rsatildi.

87-daqiqa. Ibrohim Yo'ldoshev va Zafar Savoev to'qnashuvidan keyin har ikki futbolchi maydonga quladi.

85-daqiqa. "Navbahor" himoyachilariga tin berish uchun ham hujumga o'tishga urinmoqda, to'pni o'z nazoratida ushlashga harakat qilyapti.

83-daqiqa. Endi qarshi hujumda Yovan Jokich qulay vaziyatda mo'ljalni aniq ola bilmadi. 

82-daqiqa. Nasrullaev-Marushich-Da Silva kombinaciyasi gol bilan yakunlanishi mumkin edi. Ammo Viktorning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

78-daqiqa. Tabatadze bir o'zi bo'lishiga qaramay, jarima zarbasi ishlab oldi. G'olib G'aybullaev raqibini fol bilan to'xtatdi. 

75-daqiqa. Toma Tabatadze yordam ko'rsatilishi kerak. Hujumchi maydonda o'tiribdi. 

Qo'shimchasiga hujumda fol ham qayd etildi.  

73-daqiqa. Uxxx! Burchakdan uzatilgan to'pni G'olib G'aybullaev boshi bilan kuchli tarzda darvozaga yo'lladi, O'tkir Yusupov yana ishonchli harakat qilib, jamoasini goldan qutqardi. 

71-daqiqa. O'zgarish! Javohir Sidiqov o'rniga Viktor Da Silva tushdi. 

Burchak zarbasidan keyin ham mezbonlar o'z niyatiga eta olishmadi. 

69-daqiqa. Standart vaziyat. Stanoevich to'p oldida - himoyachiga tegib, to'p maydon tashqarisiga yo'l oldi, burchak zarbasi. 

66-daqiqa. O'zgarish! Asadbek Sobirjonov o'rniga Ibrohim Yo'ldoshev jangga tashlandi!  

65-daqiqa. O'zgarish! Bobir Abdiholiqov o'rniga Zoran Marushich maydonga tushirildi. 

64-daqiqa. "Ajdarlar"da yana bir standart. Uzatmadan keyin Yusupov oldinga chiqib, to'pni ushlab oldi. 

63-daqiqa. Navbahor"ning tezkor qarshi hujumi chap qanotdan rivojlantirildi, biroq Sobirjonovning uzatmasi yoki shunchaki qovushmadi, yoki sheriklari uni tushunmadi. 

61-daqiqa. Uzatmadan keyin to'p darvozaga qarab ketayotganida Jamshid Boltaboevdan "seyv" ko'rdik.   

60-daqiqa. "Nasaf"ning hujumi burchak zarbasi bilan yakunlandi.

56-daqiqa. Uxxx! Ajoyib kombinaciya va Nasrullaev boshi bilan to'pni tashlab bergach, Stanoevich kuchli zarbasidan keyin to'p ustunga tegdi!

51-daqiqa. "Navbahor"ning tezkor javobi ham uzatmadagi noaniqlik tufayli yakuniga etmadi.  

50-daqiqa. "Nasaf"ning hujumi qovushmadi. 

48-daqiqa. GOOOOOOOOL! Hujumga borgan himoyachi Filip Ivanovich "lochinlar"ni oldinga olib chiqdi! Abror Ismoilovning aniq zarbasini Safoev qaytardi, lekin qaytgan to'pga hammadan birinchi aynan Ivanovich etib keldi.   

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Uni mezbonlar boshlab berishdi!

O'zgarish! "Nasaf" tarkibida Temur CHogadze o'rniga Islom Kenjaboev o'yinga qo'shildi. 

45+3-daqiqa. Bo'ldi, hakam bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Tanaffus! 

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

45-daqiqa. "Nasaf"ning bu hujumini ham "lochinlar" qiyinchiliksiz bartaraf etishdi.

Jarima maydonchasiga yorib kirib ketayotgan Ismoilovni to'xtatishning boshqa yo'lini topa olmadi SHerzod.

42-daqiqa. Ogohlantirish! SHerzod Nasrullaevga sariq kartochka ko'rsatildi.

38-daqiqa. SHarof Muhitdinov uzoq masofadan aniq zarba yo'lladi, ammo O'tkir Yusupov ham o'z o'rnida. 

36-daqiqa. "Navbahor"ning tezkor hujumi chap qanotdan Sobirjonovning uzatmasiga jarima maydonchasidagilar eta olmasligi bilan yakunlandi.

35-daqiqa. Doniyor Narzullaev qanchalik urinmasin qanotga uzatilgan to'pga eta olmadi.  

32-daqiqa. "Nasaf" futbolchilari texnik xato tufayli to'pni maydon markazida yo'qotishdi. 

29-daqiqa. "Navbahor"ning yana bir hujumi oxiriga etmay qoldi.

23-daqiqa. Hozirgina maydonda tushgan SHarof Muhitdinovning standartdan bergan zarbasi kuchli, ammo ancha noaniq chiqdi. 

22-daqiqa. Javohir Siddiqovga nisbatan qoida buzildi. 

22-daqiqa. O'zgarishlarIgor Golban va Jambul Jigauri o'rniga SHarof Muhitdinov hamda Doniyor Narzullaev maydonga tushirildi. 

20-daqiqa. Avvaliga o'ngdan, keyin chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni darvozaga yo'llaydigan mehmonlar futbolchisi topilmadi.  

19-daqiqa. Endi "Navbahor" to'pni nazorat qilmoqda. 

14-daqiqa. Jarimadan berilgan zarbadan keyin to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

12-daqiqa. "Nasaf" to'pni nazoratida ushlab turibdi va raqib darvozasi tomon yo'l izlamoqda. 

9-daqiqa. Nasrullaevning chap qanotdagi faolligidan keyin Yusupov darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, biroq kiper ham ishonchli o'ynab, to'pni egallab oldi.

4-daqiqa. G'olib G'aybullaev markazda Sobirjonovga nisbatan fol ishlatdi. 

3-daqiqa. Himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi. 

2-daqiqa. Uchrashuvdagi ilk burchak zarbasini "Nasaf" amalga oshiradi.  

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni Jamshid Iskanderov boshlab berdi. 

Har ikki jamoa vakillari maydonga tushib kelishdi. 

Reyting: +11   

Fikrlar

+16   
14 apr 19:21:20
Ezozjon
Barcha navbahor muxlislarini ushbu g'alaba bilan tabriklayman . Qarshidan nasaf muxlisi
+13   
14 apr 17:53:03
Абдугаффор . N
1-0 Навбахор фойдасига. ( тахмин)
+12   
14 apr 18:15:14
SATTIBOYEV ABRORJON ABDULXATOVICH
Vodiyda futbol kuchayib ketibdi
+11   
14 apr 19:00:59
islombek6767
Насаф-Ўткир Юсупов 0:1
+8   
14 apr 20:00:40
Paxtakor........uz
Nurbek Primov foydalanuvchining fikriga javob berish
Berdievni kayfiyati yuq edi yuqoridan buyruq kelgan
Nasaf yutsa muxlislari: "biz dunyodagi eng kuchli jamoamiz". Yutqazsa: "tepadan buyruq bo'lgan.". Shunaqa narsalar kallalaringga qayoqdan keladi xa
+7   
14 apr 17:55:59
Navbahor Real
Иккита жамоага хам омад. Кучлиси ютсин асосийси чиройли ўйин бўлсин. Футбол кўрайлик мазза қилиб. Ғийбат фисқу фасотлар йироқ бўлсин.
+7   
14 apr 17:05:26
Шуржи шахрисабз
Ikkala kamoagaham omad, kuchlisj yutson. Nasaf muxlisi.
+6   
14 apr 19:56:16
ислом примов
Насафни маглубиятида Рузикул айбдор нега куев турани туширди куевчани хатоси Билан гол булди. Таркиб танлашда адашди.
+6   
14 apr 19:02:41
Farhod
Penaltini faaqat NAVBAXOR TEPMAYDI QUWIMCHA VAQTDA ...UTKIRRR YUSUPOVDAN ALANGALI SAALOMM.NAVBAXOR OMAD GAP YU .
+6   
14 apr 18:57:42
Navbahor Real
Ўткир Юсупов бутун Ўзбекистон учун ўйнади гап йўқ исботлади N: 1
+5   
14 apr 19:13:08
Fc nasaf fc
Navbahor kubik chempioni
Bu yil guruhda qolib ketsak ham mayli kubik yetarli
Bu yil bor eʼtiborni chempionlikka qaratishimiz kerak olgʻa nasaf
+5   
14 apr 19:10:23
Bek Jan
уткирни узига кайтгани рост булсин. навбахор мухлиси сифатида уйин чузиш ва голдан кейин уйинни ташлаб куйишиги каршиман
+5   
14 apr 19:09:34
Chelsea vs Nasaf
Ўйин қахрамони Ўткир
+5   
14 apr 19:00:32
A.S.А
Офарин Уткир Юсуповга! Насафга карши бир узи туриб берди. Навбахор мухлисларини табриклаймиз!
+5   
14 apr 18:58:56
ERKIN FIKR
Oʻtkir termada ham shunaqa tursaykan...Nasafda penalti tepaoladigan odam qurib ketganmi, nuqul brak chiqadi...berdiyev bu topoylarga penaltini oʻrgatsin oldin
championat.asia
Яндекс.Метрика