So’nggi yangiliklar

02:56Зафармурод Абдираҳматов: "Кубокни ўзимиз билан олиб кетишни ният қилганмиз"  4 02:10ЛаЛига. "Барселона" дарвозабони четлатилган "Валенсия"га 4 та гол урди  10 01:50А Серия. "Женоа" "Кальяри"ни йирик ҳисобда таслим қилди  30 00:30U23 Осиё Кубоги. Япония - иккинчи финалчи!  5 00:26Элдор Шомуродов Олимпиадага чиққан терма жамоани табриклади  6 00:16Ши Тэ Йонг: "Бизда ҳали олимпиадага чиқиш имконияти бор"   21 23:46Анчелотти: "Икки хил мураббийлар бўлади"  9 22:53Тимур Кападзе тарихий натижа қайд этилганидан сўнг нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  70 22:11Ҳусайн Норчаев: "Бу мақсад йўлида 4 йил тайёргарлик кўрдик"  36 21:59МЮ уч футболчидан бошқа исталган ўйинчини сотишга тайёр  9 21:43Ўзбекистон терма жамоаси Олимпиадада қайси гуруҳдан жой олади?  37 20:19БИЗ УДДАЛАДИК. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Париж олимпия ўйинлари йўлланмасини қўлга киритди!  670 20:02Ўзбекистон Кубоги. "Арал" ва "Хоразм" плей-оффга йўл олди, "Машъал" рақиб дарвозасига жавобсиз 8 та тўп йўллади, "Бухоро" дарвозабонининг голи эвазига ОКМКни гуруҳда қолдириб кетди  15 19:37Тажрибали футболчи мавсум якунланганидан кейин "Милан"ни тарк этади  1 19:10Тиаго Силва "Челси" тизимида ишлайди  2

Aleksandr Krestinin: "Bunyodkor"da hech kim qarzlar bilan bog'liq muammolar haqida jiddiy o'ylamagan" (intervyu) Yangiliklar

Aleksandr Krestinin: "Bunyodkor"da hech kim qarzlar bilan bog'liq muammolar haqida jiddiy o'ylamagan" (intervyu)

"Bunyodkor"ga o'tgan mavsum o'rtalarida Aleksandr Krestinin bosh murabbiy etib tayinlandi.

Rossiyalik mutaxassis Qirg'izistonda 10 yildan ortiq ishlagan (jumladan mamlakat terma jamoasida ham) va u erda milliy va xalqaro darajada yaxshi natijalarga erishgan. Ammo, Krestininning O'zbekistondagi ishlari uncha yurishmadi: u 2023 yilgi mavsum so'nggida "Bunyodkor"ni tark etdi.

Aleksandr Sergeevich Championat.Asia muxbiri Nikolay Egorichevga intervyu berdi va Superligada o'tkazgan vaqtlari haqida gapirib berdi.


— Hozirda qaerdasiz va nimalar bilan shug'ullanyapsiz?

— Hozirda Rossiyadaman, o'zimning Krasnodarimda. Oilam bilan vaqt o'tkazyapman va bilim olyapman.

— "Bunyodkor"dan ketganingizdan so'ng ish bo'yicha qandaydir takliflar bo'ldimi?

— Ha, ammo men kutgan emas. Ular men biroz ishlashni xohlamaydigan mamlakatlar va hal qilishni xohlamaydigan vazifalar.



— Ko'plar sizni "Bunyodkor"dan ketishingizni kutmagandi. Siz o'zingiz ketdingizmi yoki rahbariyat tomonidan qandaydir bosimlar bo'ldimi?

— Bu ikki tomonlama kelishuv bo'ldi. Futbolda shunaqasi ham bo'lib turadi. Bizning futbolga va klubda sodir bo'layotgan narsalarga turli xil qarashimiz bor edi. Avvaliga mavsum so'nggiga qadar shartnoma imzolagandim, sababi kelishuvni uzaytirmaslikka qaror qilishgandi.

— "Bunyodkor"dagi ishingizdan ko'nglingiz to'ldimi? Nima amalga oshdiyu, aksincha nima o'xshamadi?

— Murabbiylar shtabimiz bo'lgan va o'shanda "Bunyodkor"da bo'lgan imkoniyatlar payti juda yaxshi ishladik deb hisoblayman. Maydon va undan tashqarida nimalar sodir bo'layotgani bo'yicha ko'plab savollar bo'lgan, ammo biz imkoniyatlarimiz etguncha ularni hal qilishga uringanmiz. O'yin uslubini o'zgartirdik, yigitlardan maksimum chiqarishga harakat qildik. Ha, barcha ham biz ularga qo'ygan talabni ko'tara olmadi. Qayta qurish uzoq va bosqichma-bosqich jarayondir. Masalan, mavsum yakunini juda yaxshi o'tkazdik.

— "Maydon tashqarisidagi bo'layotgan narsalar" deganda nimani nazarda tutdingiz? Jamoa ichida qandaydir kelishmovchilik bo'lganmi?

— Yo'q, hech qanday kelishmovchilik bo'lmagan. Doim ham o'z vaqtida hal etilmagan tashkiliy jihatlar bo'lgan. Masalan, oddiygina liboslarning zaxira to'plami yo'q edi. Men "Agar o'yin davomida o'yinchimda qon ketib qolsa nima qilishim kerak? Zaxira formasi yo'qligi uchun o'yinchimni almashtirishim kerakmi?" dedim.

SHunaqa narsalar bo'lgan. Masalan, biz (murabbiylar shtabi) ekipirovkalarni bir oy o'tibgina oldik. Tibbiy yordam bo'yicha ham muammolar bo'lgandi: dorilardan faqatgina yodli setka va kompress bor edi. Doktor unda yaxshiroq narsalar u yoqda tursin bazaviy dori-darmonga ham puli yo'qligini aytdi. Umuman olganda pul va ularning qanchalik vaqtida kelishi yoki nimalarga yo'naltirilishi bilan bog'liq muammolar bor edi. SHu bilan birga, bazida ikki baravar mukofot pullari bo'lardi, shunday ekan pul umuman yo'q edi deyish qiyin. SHunchaki ular g'alati tarzda bo'lingan.



— Siz jamoa qanday o'ynaganidan qoniqqaningizni aytdingiz. SHu bilan birga, "Bunyodkor" turnir jadvalida katta ko'tarilish qila olmadi. Bunga sabablardan biri sifatida yozgi transfer oynasidagi muvaffaqiyatsizlikni keltirish mumkimi?

— Klubga kelganimda darhol transferlar uchun pul kutmasligimni aytishgandi. "Bunyodkor"da og'ir moliyaviy holat ekanligini tushuntirishgan. Albatta, jamoa kuchayishga muhtoj edi, ammo atigi ikki legioner (Marchich va Tayra) va bitta mahalliy futbolchi (Ikromov) oldik. Umuman olganda, ular bizga yordam berishdi, ammo bu etarli bo'lmadi.

Bunga tayyor edik. Bizga borlari bilan shu mavsumni tugatib qo'yish kerakligini aytishgan. Qishda kuchayib, jamoani yangilashni rejalashtirgandik. Ammo, bularning barchasiga qaramay yomon o'ynamadik. Ha, qaerdadir samarali harakatlar etishmadi, shu bilan birga raqib maydonida to'p bilan ko'p muamola qildik va ko'p vaqtni o'tkazdik.

— "Bunyodkor" hozirda duch kelayotgan muammolar haqida nima deysiz? Klubda bo'lganingizda bu vaziyat haqida bilarmidingiz?

— Tarixdagi qarzlar bo'yicha suhbatlar bo'lgan, ammo hech kim uni muhim deb bilmagan. Hech bo'lmaganda, meni buni ko'rmadim. Hech kim bu haqda jiddiy o'ylamagan. Balki rahbariyat bu masala bo'yicha bosh qotirgandir, ammo biz bu haqida bilmaganmiz va bizga hech kim aytmagan.

— Umumiy olganda Superliganing darajasi haqida nima deya olasiz?

— Superligadagi futbol darajasi juda yuqori. "Bunyodkor" taklifini qabul qilishimdan oldin O'zbekiston chempionatini kuzatganman. O'zbekistonga qarshi terma jamoa darajasida o'ynaganman, shu sabab barchasi yaxshi bilardim. Bu erda kuchli murabbiy ishlashadi, ko'plab yaxshi legionerlar bor. Va albatta ko'plab iqtidorli mahalliy o'yinchilar, jumladan yoshlar. Har yili o'zini ko'rsatayotgan yangi nomlar paydo bo'lmoqda va hatto kuchliroq chempionatlarga yo'l olmoqda.

— O'yinchi yoki murabbiylardan kimlarni ajratib ko'rsata olasiz? Balki futbolchilardan kimdir yoki boshqa klublardagi ishi bo'yicha qaysidir mutaxassis yodingizda qolgandir?

— O'yinchilardan hech kimni ajratishni xohlamasdim, sababi shunchaki hech kimni kamsitishni istamayman. Oldinroq aytganimdek, O'zbekistonda ko'plab kuchli mahalliy va legioner futbolchilar bor. O'zbek futboli darajasi yildan-yilga Bu gap murabbiylarga ham tegishli, ammo "Surxon"ning o'tgan yilgi o'sishini qayd etgan bo'lardim. Jamoa imkoniyatlaridan kelib chiqib ajoyib ishtirok etdi. Murabbiy va futbolchilarning bunday ishini faqatgina maqtash mumkin.

— Osiyo kubogini ko'rdingizmi? Agar ko'rgan bo'lsangiz, turnirda Markaziy Osiyo terma jamoalarining ishtiroki haqida nima deb o'ylaysiz?

— Albatta. Hattoki turnirda ham bo'ldim. Qatarga borib O'zbekiston terma jamoasi, Qirg'iziston va boshqa jamoalar ishtirokidagi o'yinlarni ko'rdim. 1/8 finalning olti o'yinini kuzatdim. Boshqa tomondan, O'zbekiston chorak finalgacha bordi, ammo jamoaning imkoniyatlari ancha ko'proq va ular Osiyo kubogidagi yuqoriroq bosqichlarga chiqa olishga qodir. Tojikiston terma jamoasining natijasi yaqqol ko'rinib turibdi. Qirg'izistonga kelsak, ularning ishtirokini sharhlash noto'g'ri bo'ladi. Bu savol menga emas, u erda boshqa insonlar ishlamoqda.



— Kelajak uchun rejalar qanday? Agar taklif bo'lsa O'zbekistonga kelishga tayyormisiz?

— So'zsiz. Anchadan beri Osiyodaman, mentalitet, futbol darajasi va o'yinchilarni yaxshi bilaman. O'zbekistonda ishlashga tayyorman, ammo umumiy olganda barcha takliflar uchun ochiqman.


Nikolay Egorichev suhbatlashdi

Reyting: +9   

Fikrlar

+1   
31 mar 17:57:24
fahr
Khaydarov Khaydarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Eng zoʻr yoʻli. Bunyodkorni yopib, Boshqa nom bilan boshqa Kanada qilib olib chiqqan yaxshi. U pulni bergandan, Xozirgi Bunyodkordan 5 baravar kuchli Kamanda tuzsa boʻladi u pulga
Агар Бунедкорни ёпса, унинг хамма қарзлари УФАга ўтади. УФА қарзларни тўламаса, ФИФА Ўзбекистонни ва барча клубларни барча мусобақалардан четлатади.
   
23 apr 19:13:07
Salah Muhammad
Bunyodkorda pul kop variantlar ham ozmas bir yolini qilsin endi
   
23 apr 19:12:54
Salah Muhammad
Bunyodkorda pul kop variantlar ham ozmas bir yolini qilsin endi
   
23 apr 19:12:52
Salah Muhammad
Bunyodkorda pul kop variantlar ham ozmas bir yolini qilsin endi
   
15 apr 15:16:59
fc Surxon
Khaydarov Khaydarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Eng zoʻr yoʻli. Bunyodkorni yopib, Boshqa nom bilan boshqa Kanada qilib olib chiqqan yaxshi. U pulni bergandan, Xozirgi Bunyodkordan 5 baravar kuchli Kamanda tuzsa boʻladi u pulga
FIFAda sizdan aqlli odamlar o'tiribdi
   
31 mar 16:40:15
Jamshid Abdusamadov
Крестининни нена олиь келган кетказворса. Крестининни узи хам кетишини билган экан шартнома килганда. Бу пул ишлаш йулида.
   
31 mar 16:39:09
Davronbek Abduvaliev
Бу машмашалар хали хам давом этмоқда.
   
31 mar 16:39:02
Davronbek Abduvaliev
Бу машмашалар хали хам давом этмоқда.
   
31 mar 16:38:44
Davronbek Abduvaliev
Бу машмашалар хали хам давом этмоқда.
-1   
31 mar 17:35:47
Khaydarov Khaydarov
Eng zoʻr yoʻli. Bunyodkorni yopib, Boshqa nom bilan boshqa Kanada qilib olib chiqqan yaxshi. U pulni bergandan, Xozirgi Bunyodkordan 5 baravar kuchli Kamanda tuzsa boʻladi u pulga
championat.asia
Яндекс.Метрика