Ulug'bek Bakaev: "Aral" bilan bahsdagi durang adolatli natija" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "Aral" bilan bahsdagi durang adolatli natija"

Pro liganing 6-turidan o'rin olgan "Aral" - "Buxoro" (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Ulug'bek Bakaev o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugun ikkita kurashuvchan jamoa to'qnash keldi. Balki futbol sifati biroz pastroq bo'lgandir, ammo kurashga intilish yuqori darajada bo'ldi. Bugungi o'yin uchun yigitlarga rahmat aytaman, "Aral"ga keyingi o'yinlarda ham omad tilayman", - dedi Ulug'bek Bakaev.

- "Aral"dan qanday o'yin kutgandingiz?

- Jamoaning oldingi uchrashuvlarini o'rganib chiqqandik. Kuchli va kuchsiz tomonlarini bilardik. Tayyorlanishga vaqt kam edi, yo'l ham uzoq edi. Barchasini hisobga olsak durang adolatli natija bo'ldi.

- Bugun Vitaliy Denisov va Davron Hoshimov nima uchun zaxirada qoldirildi?

- Ikkala futbolchi ham jarohatdan keyin tiklanishmoqda. Rostini aytaman, ularni ayadik. Agar zarurat tug'ilib qolganida ularni maydonga tushirishimiz mumkin bo'lardi.

- Bugun o'z vaqtida kuchli o'yin ko'rsatgan ikki hujumchi Qutiboev va Bakaev jamoalari to'qnash keldi. Bugungi kunda nima uchun shunday hujumchilar yo'q?

- Bunga ko'plab faktorlar sabab. Mashg'ulotlardagi harakatlar, golni sezish, zarba berish va boshqalar. SHular ustida ko'proq ishlash kerak.


Aral

Pro liga. 6-tur

03/05/2024, 17:30

0
:
0
Tugadi

Buxoro

45'
90'

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
04 may 13:03:03
DALER
Бухоро куп уйинларда хатто гол уролмаяпти. Нахотки тузукрок хужумчи йук жамоада. Хамма пенсионерларни йигиб олгандан кейин натижа кутиш кийин. Хозирдан яхши савияли мураббий олиб келиб, хамма карияларга жавоб бериш керак, ёшларни тайёрлаш керак. Бу кариялар 1-2 йилдан кейин хатто югуролмайди хам.
+1   
04 may 11:54:05
1994 Nurafshon
Бухоролик мухлисларга сабр Бакоевга инсоф
   
04 may 16:13:54
rustam
БАКАЕВ АФАНДИ!
   
04 may 16:13:32
AZIZ 707
bakayev ozbekchada yozvurlarine baqoyev kulturni parazitla
   
04 may 16:13:03
rustam
ИЗ ТАШКЕНТА В НУКУС ЕХАЛИ НА ИШАКАХ? ПОСТОЯННО ВРЕТ БАКАЕВ!
   
04 may 14:26:04
Тож
Қачон гол уришни ўрганамиз ўртоқ Бақоев?
championat.asia
Яндекс.Метрика