So’nggi yangiliklar

14:37Украина терма жамоасининг Евро-2024 учун таркиби аниқ  0 14:08"Бавария"нинг 11 нафар футболчиси машғулотни ўтказиб юборди  0 13:43Суперлига. 8-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  7 13:23"Арсенал" янги уй либосини тақдим этди  3 12:59"Барселона" Хавини ишдан бўшатади  5 12:34"Лидс" "Норвич"ни тор-мор этиб, Чемпионшип плей-оффининг финалига чиқди  0 12:13ОФК янги форматдаги мусобақаларни таништирди  9 11:56Ҳаким Фузайлов — "Хоразм" клуби бош мураббийи  8 11:34Рўзимбой Аҳмедов — "Хоразм" ФК бош директори  6 11:19ЎФА тасдиқлади. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Янги Зеландияга қарши ўйнайди  2 10:47Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин  1 10:20«Манчестер Юнайтед» собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади  9 09:53«Ал Насср»нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас  6 09:25Тонали – АПЛда мавсумнинг энг омадсиз трансфери. Рўйхатдан МЮнинг уч нафар футболчиси жой олди  5 08:59Билармидингиз? «Комо» хўжайинининг пуллари А Сериядаги бошқа барча клуб эгалларининг умумий бойлигидан кўра кўпроқ  3

Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani) Yangiliklar

Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani)

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze va sardorimiz Jasur Jaloliddinov Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuv avvalidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

- Janob bosh murabbiy, terma jamoangizning ushbu musobaqadagi ishtiroki va ertaga Yaponiya terma jamoasiga qarshi kechadigan final bahsi haqida nimalar deya olasiz?

- Barchaga xayrli kun. Qiziqarli final bo'lishi shubhasiz. Ikki tengma-teng jamoa ertaga to'qnash keladi. Biz ham, Yaponiya ham Olimpiadaga chiqish uchun uzoq vaqt tayyorgarlik ko'rdi. Biz o'tgan Osiyo Kubogida yosh futbolchilar bilan ishtirok etgandik. Yaponiya terma jamoasi ham yoshroq tarkib olib kelgan. Maqsadimiz – chempionlikni qo'lga kiritish.

- Jasur Jaloliddinov, ertangi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz...

- Parij yo'llanmasini qo'lga kiritganimiz va finalda ishtirok etayotganimiz bilan yana bir bor halqimizni tabriklaymiz. Ertaga qiziqarli uchrashuv kechishi aniq, biz esa kubokni O'zbekistonga olib ketish uchun maksimal harakat qilamiz.

- Bundan oldingi bahslarda raqiblarimiz tahminan qanday uslub tanlashini bilar edik. Yaponiya terma jamoasi esa bizga o'xshagan hujumkor va dominant futbol tarafdori. Ertaga Yaponiya bizga qarshi qanday uslbuni tanlashi mumkin deb o'ylaysiz?

- Yaponiya terma jamoasini yaxshi taniymiz. Bir ikki marotaba ular bilan to'qnash kelganmiz. Yaponiyaning o'yinlarini ko'rib chiqdik va o'zimiz uchun reja tuzib oldik. Biz o'zimizning rejamiz bo'yicha ishlashda davom etamiz. O'yin qanday kechishini ertaga bilib olamiz.

- Olimpiadaga yo'llanma olganingiz o'zbek futboli uchun qanday ahamiyatga ega? Ushbu musobaqada g'olib bo'lish sizlar uchun endi aktualmi?

- Olimpiadaga yo'l olish bizning birinchi maqsadimiz edi. Biz Olimpiadaga chiqqan birinchi jamoa bo'ldik. Endi esa kubokni qo'lga kiritish vaqti keldi.

- Jasur Jaloliddinov, o'tgan Osiyo Kubogidagi Yaponiyaga qarshi kechgan uchrashuvning eslay olasizmi? O'sha o'yinda raqiblaringiz qanday o'ynagan edi?

- O'sha musobaqadan yaxshi xotiralar qolgan. Biz o'sha uchrashuvda chiroyli g'alaba qozongandik. Hozir esa final ostonasida turibmiz. Yaponiya terma jamoasi so'ngi ikki yil ichida o'sishga erishgani shubhasiz.

- Bir nechta futbolchilaringiz o'z jamoalariga jo'nab ketishdi, ularning o'rni qanchalik bilinishi mumkin?

- Legionerlarimiz biz bilan bo'lganda, biz yanada kuchliroq bo'lar edik, ammo afsuski, ular jamoalariga jo'nab ketishdi. Bizda teng tarkib yig'ilgan va barcha futbolchilarning darajasi teng. Legionerlarning o'rnini bosa oladigan futbolchilarimiz etarlicha.

Jasur Jaloliddinov, butun musobaqa davomida har uch kunda o'yin o'tkazib kelayotgan edik. Finaldan avval esa dam olishga ko'proq vaqt berildi. Bu sizlarga qanchalik foydali bo'ldi?

- O'ylashimcha, jismoniy holat bilan bog'liq hech qanday muammo yo'q. Ertangi uchrashuvda eng yaxshi formamizda bo'lamiz. 

- Yaponiya terma jamoa yoshlar o'rtasidagi musobaqalarni ko'p marotaba qurbon qiladi, agar musobaqa JCH yoki Olimpiadaga yo'llanma bermasa. Biz ham Yaponiya kabi har bir ciklga tayyorgarlik ko'rish tizimiga o'tdik. Ushbu tizimni keyingi Olimpiada o'yinlari uchun davom ettirish kerakmi? 

- Biz ko'p marotaba buning guvohi bo'lganmiz. Yaponiya yo'llanma bermaydigan musobaqalarda yosh futbolchilar bilan ishtirok etar edi. Biz ham shu narsani o'rgandik va so'nggi ikki yirik musobaqada yoshlar bilan ishtirok etdik. Yoshroq tarkib bilan o'ynaganimizga qaramay, yaxshi natija qayd etdik. Bunday tizimning foydali jihatlari ko'p deb o'ylayman.

- Jasur, jamoa sardori ekanligingiz sizga ko'proq bosim beradimi yoki ishonch? 

- Ertangi o'yinda faqat futbol haqida o'ylashimiz kerak. Jamoa sardori ekanligim menga ko'proq kuch beradi.

Jasur Jaloliddinov, Diyor Rahimqulovnig xotirasi uchun kubokni Diyorning uyiga olib boramiz deb vada bergan edingiz. Toshkentda o'tkazilgan Osiyo Kubogida. O'sha vadangiz hali hamon o'z kuchidami?

- Ha, Diyor doim biz bilan birga. Nasib qilsa, kubok bilan O'zbekistonga qaytganimizdan so'ng uni Diyorning uyiga olib boramiz.

- Qatar mamlakatining ushbu musobaqaga tayyorgarligi haqida gapirib o'tsangiz... Musobaqaning tashkiliy jihatlarida muammolarga duch kelmadingizmi?

- Qatar mamlakati bunday katta musobaqalar o'tkazish bo'yicha katta tajribaga ega. Tashkiliy ishlar alo darajada tashkil etilgan. Qatar mamlakatiga rahmat.  





Reyting: +44   

Fikrlar

+8   
02 may 15:08:42
David Terezege
Диёрни уйига кубокни олиб бориш насиб этсин.
Олга Узбекистон !
Жасур Омад ука 2 та гол кутиб коламиз
+3   
02 may 16:26:16
Абдугаффор . N
Узбекистон 2 - 0 Япония
90минут. Учрашувга 10 дакика кушиб берилди
+3   
02 may 15:08:51
Man U
Аллох мададкор булсин. Сизларни кубок билан Узбекистонда кутамиз.
+2   
02 may 15:52:04
safo78
Худо хохласа гол утказмай чемпион булган жамоа сифатида тарихда колайлик йигитлар.
+2   
02 may 15:26:04
Paxtakor the best
Madridist Real Blancos foydalanuvchining fikriga javob berish
Diyor Rahimqulov kim nima bo'lgan unga?
Bu avlod endi endi musobaqalaga kirishvotganda tarkibda oynardi xususan. Toshkendi osiyo kubogi saralawida wu termada uyam bogan saralawdan kn avtofalokat sababli vafot etgan Diyor Alloh rahmatiga ogan bosin
+2   
02 may 15:21:46
ABZALHUJA
Madridist Real Blancos foydalanuvchining fikriga javob berish
Diyor Rahimqulov kim nima bo'lgan unga?
Автоаварияга учраб, оламдан утан. Оллох рахматига оган бусин.
+2   
02 may 15:09:22
Light Jan
Олға Ўзбекистон. Жангда фақат ғалаба қозониш шарт. Ортга йўл йўқ.
+1   
02 may 20:39:50
Футбол оддий уйин
Темур бошлаган ишни чиройлик якунлаб қўйиш керак. Омад. Аллоҳ насиб қилса ютамиз.
+1   
02 may 16:31:48
futboluzb
Кападзе иложи булса дарвозога Назаровни куйинг Нематов юкорида куп хатога йул куяди ярим финалдаги хатоси жуда кимматга тушиши мумкин эди яхшиям офсайд бор экан
+1   
02 may 15:37:11
David Terezege
Жойлари жаннатдан булсин Диёрбек укам шу углонларимиз чемпионларимиз сафида дустлари Билан елкама елка бирга туп сурарди.Диёрни уйига албатта боринглар кубокни олиб
жавоб
+1   
02 may 15:35:16
David Terezege
Madridist Real Blancos foydalanuvchining fikriga javob berish
Diyor Rahimqulov kim nima bo'lgan unga?
Жойлари жаннатдан булсин Диёрбек укам шу углонларимиз чемпионларимиз сафида дустлари Билан елкама ёлка бирга туп сурарди.Диёрни уйига албатта боринглар кубокни олиб
+1   
02 may 15:25:40
Бахтиёр Ш. А.
Илохим ниятингга етгин, оллох мададкор булсин!!!
   
02 may 21:39:21
Равиш
futboluzb foydalanuvchining fikriga javob berish
Кападзе иложи булса дарвозога Назаровни куйинг Нематов юкорида куп хатога йул куяди ярим финалдаги хатоси жуда кимматга тушиши мумкин эди яхшиям офсайд бор экан
Уйинга кандай таркиб танлашни мураббийлар хаммамиздан яхши билади,агар биз улардан яхширок билганимизда уларнинг урнида биз мураббийлик килаётган булардик .Сизу биз кураётган вазиятларни улар 20 мартадан айлантириб мухокама килишади.Узр агар нотугри езган булсам.
   
02 may 20:50:39
JAFAR TOLIBOV
Абдугаффор . N foydalanuvchining fikriga javob berish
Салом. Майлию лекин химоячиларимиз бн дарвозабонимиз гол уткизмаймиз дейишяпти. 3 -0 буса майли.
Nasib bo'lsa yutamiz
   
02 may 19:29:11
Абдугаффор . N
JAFAR TOLIBOV foydalanuvchining fikriga javob berish
Salom uzur aka 3-1 ni mo'ljal qilayapmiz
Салом. Майлию лекин химоячиларимиз бн дарвозабонимиз гол уткизмаймиз дейишяпти. 3 -0 буса майли.
championat.asia
Яндекс.Метрика