So’nggi yangiliklar

22:57СПЛ. "Ал Насср" – "Ал Ҳилол" 1:0 (матнли трансляция)  3 22:38Месси биринчи шартномасини имзолаган салфетка рекорд суммага сотилди  3 22:32Бангкокда ФИФАнинг навбатдаги Конгресси ўтказилди  1 22:18СПЛ. "Ал Насср" – "Ал Ҳилол". Марказий учрашувнинг бошланғич таркиблари аниқ!  2 22:00"Барса"дан ҳайдалиши айтилаётган Хавининг ҳеч нарсадан хабари йўқлиги маълум бўлди  5 21:20Расман: “Ювентус” Аллегрини истеъфога чиқарди!  7 21:05АПЛ клуби бош мураббийи: "ВАР бекор қилинса, жуда хурсанд бўламан"  10 20:40Рис Жеймс АПЛнинг 4 та ўйинига дисквалификация қилинди  0 20:15Максим Шацких "йил жанги"да кимга мухлислик қилади?  17 19:53Про лига. "Дўстлик" кетма-кет 8-мағлубиятини "Арал"дан қабул қилиб олди, "Олимпик-MobiUz" мавсумдаги иккинчи ғалабасини Хоразмда қўлга киритди  6 19:28ПСЖ футболчисининг хизматларини Италиянинг 2 клубига таклиф қилди  0 19:00"Реал" Мбаппенинг тақдимотига тайёрланмоқда  7 18:33"Ливерпуль" икки футболчисининг кетишини эълон қилди  4 18:07Иско оёғи сингани сабабли Евро-2024 мусобақасини ўтказиб юбориши мумкин  0 17:40Нидерландия терма жамоаси Евро-2024 учун таркибини эълон қилди  5

SHohruz Norxonov: "Neftchi"da o'ynash men uchun sharaflidir" Yangiliklar

SHohruz Norxonov: "Neftchi"da o'ynash men uchun sharaflidir"

"Neftchi"ga kelib qo'shilgan hujumchi SHohruz Norxonov Farg'ona jamoasiga o'tishi haqida gapirdi.

— "Neftchi" klubiga kelishingiz qanday yuz berdi?

— "Neftchi" klubi o'tgan mavsumdayoq menga qiziqish bildirgan edi.CHempionat bahslari yakuniga etay deganda jamoa bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko meni kelasi mavsumda jamoa tarkibida ko'rish istagini bildirib o'tdilar. Bosh murabbiy bilan suhbatlashgach menga bildirgan ishonchidan so'ng ikkilanmasdan yangi mavsumda yuqori maqsadlarni ko'zlagan jamoa bilan shartnoma imzoladim.

— Yig'inlar davom etmoqda. Aytingchi, jamoaga qanchalik kirishib ketdingiz? 

— Umumiy qilib aytganda, jamoaga kirishish men uchun oson kechdi. Sababi,bu erda to'p surayotgan ko'plab futbolchilar bilan avvaldan yaxshi tanish bo'lishimizdan tashqari ko'pchiligi bilan anchadan beri do'stmiz ham.SHu omillar jamoaga osonroq qo'shilib ketishimda yordam berdi.

— Oilangiz, do'stlaringiz  «Neftchi» jamoasiga o'tishingizni qanday qabul qilishdi?

— "Neftchi" O'zbekiston futbolida juda buyuk klublardan biridir. Bunday jamoa sharafini himoya qilish men uchun sharafli hisoblanadi.SHuning uchun yaqinlarim va do'stlarim "Neftchi"da o'ynash bo'yicha chiqargan qarorimni  xursandchilik bilan kutib olib, qizg'in qo'llab-quvvatladilar hamda jamoa safida katta yutqularga erishishim uchun duoda bo'ldilar.

— O'tgan mavsum siz uchun ikki hil kechdi. Sababi, birinchi davrada o'yin amaliyotiga deyarli ega bo'lmagan bo'lsangiz, ikkinchi davrada esa "Buxoro" tarkibida har bir uchrashuvda to'liq harakat qildingiz. Nima deb o'ylaysiz, ayni paytda sport formangizdan o'zingiz qoniqish hosil qilyapsizmi?

— To'g'ri takidladingiz, o'tgan mavsum ikki jamoada to'p surdim. Lekin umumiy qilib aytsam, "Navbaxor"da ham "Buxoro"da ham to'p surganimdan afsuslanishim yo'qligiga qaramay, mavsumdagi o'yinlarimdan qoniqish hosil qilmadim. Yangi mavsumdan umidim katta. Xudo xohlasa imkoni boricha ko'p gollar kiritib, muxlislarni xursand qilish bilan birga musobaqada to'purar bo'lish niyatim bor.

— Jamoamiz murabbiylari va ular qo'l ostida o'tayotgan tayyorgarlik jarayoni sizda qanday taassurotlar qoldirmoqda?

— Murabbiylarimizning  ko'rsatmalari asosida kechayotgan mashg'ulotlarda barchasini to'g'ri va bexato bajarishga harakat qilyapmiz. Qisqa qilib aytganda, hammasi alo darajada.

— "Neftchi"dagi debyut mavsumida oldingizga qanday maqsadlar qo'ydingiz?

— Maqsadim, katta kuch va bor mahoratimni ishga solgan holda ko'proq gollar urib, jamoa bilan yuqori o'rinlarni egallash va sovrinlarga ega chiqishdan iboratdir.

— Fursatdan foydalanib farg'onalik muxlislarimizga tilaklaringiz?

— Farg'onalik muxlislar futbolni yaxshi ko'rishlari hech kimga sir emas. Xudo xohlasa yangi mavsumda mazmunli va g'olibona o'yinlarimiz orqali muxlislarimizni xursand etishga harakat qilamiz.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика