So’nggi yangiliklar

13:45Про лига. 8-турни ўтказиб юборадиган футболчи ва расмийлар  0 13:22ПСЖ ёзда Симонсни сотмоқчи эмас  0 12:53Якшанба куни "Навбаҳор" - "Нефтчи" учрашуви бўлади. Бир йил олдинги баҳсни ёдга оламиз  0 12:31Аллегри Италия Кубоги тарихига кирди  2 12:04Ёзда "Реал" сафига қўшилиши керак бўлган Эндрик жиддий жароҳат олди  2 11:46Алип "Зенит" - ЦСКА ўйинидан кейин Торопдан кечирим сўради   0 11:20Миржамол Қосимов 942 кундан сўнг Суперлигада гол урди  11 11:01Евро-2024 учун илк терма жамоа якуний таркибини эълон қилди  4 10:36«Арсенал» бўйи деярли 2 метрли ҳужумчи учун 80 миллион евро тўлашга тайёр  6 10:10Дахшат! ЦСКА «Зенит» билан ўйинда оғир жароҳат олган Торопнинг шифохонада тушган суратини эълон қилди  7 10:10"Футбол олами". "Нефтчи" - "Андижон" 2:2, "Навбаҳор"да ғалаба ва 7-турнинг қолган ўйинлари ҳақида  2 09:44Тен Хаг навбатдаги ғалабадан сўнг нималар деди?  3 09:18Франция клуби тарихида илк бор ЕЧЛ йўлланмасини қўлга киритди  8 08:51Бруну Фернандеш «Манчестер Юнайтед»даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  4 08:26«Бавария» мураббийини олиб қолмоқчи, бироқ энди Тухель шарт қўйди  5

Samvel Babayan: "Yumshoq qilib aytganda, biz bugun ko'rsatgan o'yin darajasidan hafsalam pir bo'ldi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Yumshoq qilib aytganda, biz bugun ko'rsatgan o'yin darajasidan hafsalam pir bo'ldi"

O'zbekiston Kubogi 3-turidan o'rin olgan "Dinamo" – "Navbahor" (1:1) uchrashuvidan keyin namanganliklar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Xayrli kech. Birinchi navbatda, qayd etib o'tishim kerakki, 3-tur oldidan guruhdan chiqish vazifasini uddalab bo'lgandik. Biz kam o'yin amaliyotiga ega bo'lganlarga imkon berishni lozim topdik va bu orqali zaxiramizning haqiqiy kuchini bilib olmoqchi bo'ldik. Ko'rindiki, zaxiramiz u qadar kuchli emas. Biz sifat bo'yicha qoniqish hosil qilmadik va kuchayishimiz kerakligini tushundik. Kubok musobaqasi qisqa muddatli turnir. O'ziga yarasha xarakter talab qiladi. Yosh hujumchimiz (SHodiyor SHodiboev – tahr.) rasmiy o'yinda "Navbahor" uchun ilk bor gol urgani xursand qildi. O'yinni tahlil qilamiz va keyingi uchrashuvga hozirlik ko'ramiz.

- Siz bunday tarkibni maydonga tushirib, zaxira o'yinchilariga va "Dinamo"ga guruhdan chiqish uchun imkon berdingiz. "Dinamo" yutolmadi va "Andijon" so'nggi daqiqalarda gol urib, pley-offga chiqdi. Bu haqiqiy "o'lim guruhi" edi...

- Darhol to'g'rilab ketaman. Biz "Dinamo"ga imkon bermadik. Zaxira futbolchilarimiz maydonga tushgach, "Navbahor" sharafini munosib himoya qilishlari kerak. Ular mashg'ulotlarda va o'yinga hozirlik ko'rish chog'ida yuqori darajali teoritik tayyorgarlikdan o'tishadi. Yumshoq qilib aytganda, biz bugun ko'rsatgan o'yin darajasidan hafsalam pir bo'ldi. Biz, avvalo, "Dinamo" emas, "Navbahor"ning kelajagi haqida o'ylagandik. Biz og'ir mavsum o'tkazayotganimizni hisobga olsak, ikki musobaqada ham yuqori maqsadlarni oldimizga qo'yganmiz. Bizda diskvalifikaciyalar, jarohatlar ro'y beradi. Fakt shundaki, "Navbahor" o'yinini kuchaytiradigan zaxiraga ega emasmiz. Kubok uchrashuvlariga kelsak, birinchi matbuot anjumanida aytganimdek, guruh g'olibiga sovrinni topshiraverish kerak edi (kuladi). Biz birinchi o'rinni olganimizdan xursandmiz. Maqsadimizga erishdik.

- Kubok musobaqasining joriy formatini qanday baholaysiz?

- Birinchi liganing ko'plab jamoalari musobaqada qatnashgani futbolni ommalashtirishga xizmat qiladi. Keyingi yillarda to'rtta kuchli jamoaning bir guruhga tushib qolishini inobatga olish kerak deb o'ylayman. Agar biz Birinchi liga jamoasiga qarshi o'ynasak, haqiqiy anshlag bo'lardi, xuddi o'tgan yilgidek. Biz o'shanda Nukusga borgandik. Bu haqiqiy futbol bayrami edi, shuncha yil futbolda ishlab, Nukusda bo'lmagandim. "Olimpiya" jamoasiga qarshi ham o'ynagandik. O'sha o'yindan keyin bir futbolchini o'zimizga jalb qildik. Bu – selekcion ish. Ha, u o'zimizni o'yinchi va ijarada edi. U bizning darzovamizni ishg'ol qilgan va uning o'yini menga manzur kelgandi.


Reyting: +5   

Fikrlar

+4   
28 apr 23:03:20
Рахматилло Исманов
Навбахоига хам рахмат айтиб куямиз Андижонлик мухлислар номидан! Олга водий жамоалари!
+3   
28 apr 23:00:11
Faxriddin Ras
Наабахор чемпион олга лочинлар
+2   
28 apr 22:58:46
Shaxzodbek Yusupov
Navbahor eng toʻgʻri ishi qildi. Hamma jamoani oʻz qoʻlida edi. Oʻynab yutib tashasa Dinamo chiqardi. Nasafdayam shu hol edi Lekin amalda Andijon yutdi va chiqdi. Hakamlar ham jamoalar ham normalniy ishladi
+1   
28 apr 23:22:26
Rasul M
Adminla Jaxon futbolidanam xabar olinglar...Uhlamimiz Porto jamoasi Prezidenti almashdi Unda Bir paytlar Porto bilan shov shuv qilgan Chelsea Zenit jamoalarida ishlagan Andre Vilas Boash Prezident etib saylan deyarli 81%ovoz topladi
+1   
28 apr 23:04:38
=JAGUAR=
Юмшоқ М ??? Юмшоқ гапирадиган бўлиб қолибдику бунга вирус юққан кўринади хахахахах
+1   
28 apr 22:59:28
Faxriddin Ras
Наабахор чемпион олга лочинлар
+1   
28 apr 22:52:15
user
Navbahor o'yinni sotdi deganlarga Babayandan salomlar )) Nasafni o'ziga qo'yiberudi keyingi bosqichni
championat.asia
Яндекс.Метрика