So’nggi yangiliklar

11:34"Байер" билан чемпион бўлган ҳимоячи "Бавария"га қайтади  0 10:39Аббосбек Файзуллаев жорий мавсум ушбу натижага эришган энг ёш футболчига айланди  10 10:02Яна бир «юлдуз» Саудия Арабистонидан кетмоқчи  0 09:31Муҳаммад Салоҳ «Ливерпуль»ни тарк этган Клоппга мурожаат қилди  3 09:00Футзал. Бугун Россияга қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушамиз  1 08:36Ўзимизнинг карикатура. Самвел Бабаян 53 ёшда  8 08:05Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  21 07:50РПЛ. "Нижний Новгород" - ЦСКА 2:6  0 07:45Серия А. "Болонья" - "Ювентус" 3:3  0 07:36Суперлига. Бугун «Тошкент дерби»си билан 8-тур якунланади  1 02:19Максим Шацких: "Холдорхонов биз кутган ўйинни кўрсата олмаяпти"  26 01:55А Серия. "Болонья" - "Ювентус" баҳсида 6та гол урилди  8 01:51Вадим Абрамов: "Навбатдаги 2 очкони қўлдан чиқардик"  11 01:30Мбаппе Париж марказида 250 кишилик кечки овқат ташкил қилди  8 00:15Мбаппенинг укаси ҳам ПСЖни тарк этади  1

Boshkovich: "G'alaba qozondik, ammo ko'rsatgan o'yinimizdan xafaman" Yangiliklar

Boshkovich: "G'alaba qozondik, ammo ko'rsatgan o'yinimizdan xafaman"

"So'g'diyona" bosh murabbiyi Ivan Boshkovich O'zbekiston kubogi 3-turi "Paxtakor"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng (2:3) matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Bu uchrashuvga juda puxta tayyorgarlik ko'rgandik. Amaldagi chempionga qarshi o'ynash oson emasligini bilardik. Bunday o'yinlarni katta xohish bo'lishi kerak. Menimcha bugungi o'yinga tuzgan rejamiz ish berdi va 3ta gol urdik. Qizil kartochkadan so'ng ruhiy tomonlama sustlashib qoldik. CHetlatishdan keyin namoyish etgan o'yinimiz menga yoqmadi. Keyingi bosqichga chiqish masalasini hal qildik. Ikkinchi bo'limdan biroz xafa bo'ldim. Bunday o'yinlarda yaxshiroq o'ynashimiz kerak. Takidlab o'tish kerakki, "Paxtakor"da yoqotishlar juda ko'p. Ular yosh futbolchilar bilan o'ynashga majbur. Bugungi g'alaba bilan futbolchilarni tabriklamayman, sababi bunday o'yin menga yoqmadi.

- Jamoangiz namoyish etayotgan o'yinning, aynan nimasidan ko'nglingiz to'lmayapti?

- Men istayotgan sifatni ko'rsata olmayapmiz. Bunday o'yin namoyish etish bizning darajamizga to'g'ri kelmaydi. Dastlabki 30-daqiqa qanday o'ynay olishimizni ko'rsatib qo'ydik. Keyin esa o'yin tushib ketdi. Bunday g'alabalardan hech qachon rozi bo'lmayman.

- Bugun yosh futbolchilarga ishonch bildirdingiz. Muhim uchrashuvda yoshlarga ishonish xavfli emasmi?

- Mening principim shu. Futbolchining yoshi menga ahamiyatsiz. Kim mashg'ulotlarda o'zini yaxshi ko'rsatsa o'ynashga imkoniyat beraman. Men murabbiy bo'lgan jamoalarda har doim shunday bo'ladi.



Reyting: +1   

Fikrlar

   
26 apr 20:37:59
CHELSI.REAL.MUHLISI
RESPEKT SENGA.KEYINGI OʻYINLARDA HAM OMAD SUĞDIYONAGA.ANDIJON MUHLISIDAN
   
26 apr 19:43:42
CHELSI.REAL.MUHLISI
SEN NEGA HAFA SAN.MAKSIM HAFA BOʻLSIN.YUTKAZIP TURIP.SEN AYTKAN GAPTI AYTOMADI KU.SEN 2MARTA YUTIN MAKSIM DI.YANA HAM UNGA ÕHSHAP YUTIP OLIP GARILAMESAN
championat.asia
Яндекс.Метрика